Unda 2019 yilning oxiriga qadar naşr qilinişi reja qilinayotgan yangi tahrirdagi «Qizil kitob» va uni çop etişning sabablari böyiça ma'lumot berildi.

Baxtiyor Ibragimov

Xususan, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Baxtiyor Ibragimovning sözlariga köra, «Qizil kitob»ning amaldagi naşri 2009 yilda naşr etilgani sababli, undagi mavjud ma'lumotlar «ma'nan eskirgan» edi va şu tufayli sönggi 10 yil mobaynidagi tadqiqot natijalari umumlaştirilib, ösimlik turlarining bugungi kundagi zamonaviy holati böyiça ma'lumotlarni keng ommaga taqdim etiş uçun kitobning yangi naşrini çop etiş zarurati tuğilgan.

Tadbirda jurnalistlar tomonidan brakonerlarning qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlanişi holatlari respublikaning qaysi hududlarida eng köp uçraşi borasida savol berildi.

«Men faqat hayvonot dunyosi haqida gapirmoqçiman. Brakonerlarni eng köp qiziqtiradigan hayvonlar – jayron, buğu, sayğoq va qor barsi kabi hayvonlar hisoblanadi. Ularning eng köp hujumlari aynan mana şu jonivorlarga bölmoqda.

Brakonerlikning eng yuqori darajasi ham aynan şu hayvonlar yaşaydigan hududlar, ya'ni, Buxoro, Navoiy va Qoraqalpoğiston Respublikasiga töğri kelmoqda. 

Jaloliddin Azimov

Mana şu hududlarda ahvol juda oğir. Eng açinarlisi, brakonerlar bitta ölja bilan çegaralanmaydi, bir ovlaganda 10-15talab kamyob hayvonlarni ovlaşadi. Bu dahşat, ahvol şunday davom etsa va biz uning oldini olmasak, kamyob hisoblangan barça hayvonlarimizni yöqotamiz», deya akademik Jaloliddin Azimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning sözlariga köra, amaldagi qonunçilik brakonerlikka qarşi «juda yumşoq» muomalada. 

«Bunga aholi örtasida tuşuntiriş işlarini olib boriş va kamayib borayotgan hayvonlarni öldirganlik uçun javobgarlikni keskin kuçaytiriş orqali erişiş mumkin», deydi akademik Jaloliddin Azimov.