Zilzila Sharqiy Ozarboyjon viloyatida 60 km chuqurlikda qayd qilingan. Ta'kidlanishicha, birinchi zilziladan keyin 4,1 dan 4,8 gacha magnitudali bir nechta aftershok yuz bergan.

Tabiiy ofat oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 70 dan ko‘proq kishi jabrlangan.

Mutasaddi idoralarning ma'lum qilishicha, voqea joyiga 8 ta qutqaruv jamoasi jo‘natilgan.