Şu kunlarda AQŞ – Eron uruşi qaytalanişi bilan boğliq köp versiyalar örtaga çiqdi. Putinning faylasufi Dugin «senator Gremni isroilliklar öldirib, Trampga signal yubordi», deb çiqdi. Bu versiya Eronda ham takrorlandi. Uruş qaytalanişi Gremning ölimi bilan bir vaqtga töğri kelişi gumonlarni oşirdi. Bundan taşqari, Trampning sobiq tarğibotçisi hozir Isroil piari uçun işlayotgani atrofida yana bir mojaro avj oldi.
Sirli ölim
Lindsi Grem ölgani haqida tayyorlagan videomizda bir gapni aytgandim: bunaqa katta odamlarning burni qonasa ham, ming xil şubha-gumon örtaga çiqadi. Balki senator Grem qon bosimi kötarilib ölgandir, tomoğiga biror nima tiqilib ölgandir, issiqdan dimiqib ölgandir (bunaqa issiqda qança odam ölib ketdi), 71 yoşli çol har nimadan ölişi mumkin. Lekin şu çol butun dunyo taqdiriga ta’sir qilayotgan odamning yaqin maslahatçisi ekani vaziyatga boşqaça qaraşga undaydi. Konspirologlar endi istaganiça versiyalarni aytib çiqaveradi, senator gördan çiqib aslida mana bunaqa bölgandi, deyolmaydi-ku, töğrimi?
Xullas, senator Grem ayni Tramp Eronga zarbalarni tiklagan vaqtda «oyoğini uzatib yuborgani» gapni köpaytirdi. Eron va Rossiyadan bir xil versiya tarqala boşladi: emişki, senatorni Isroil öldirib Eron bilan uruşning örtasida taşlab ketayotgan Trampga signal yuboribdi. Putinning faylasufi ekani aytiladigan, Rossiya prezidenti bilan rad etib bölmaydigan darajada yaqinligi bor Aleksandr Dugin ana şu versiya ommalaşişini boşlab berdi.
Avvalo Dugin ölimidan bir kun avval Ukrainaga borib dron zavodida rasmga tuşgan Gremning ölimi «Rossiya uçun Xudoning in’omi» dedi. Keyin uni Mossad öldirib, Trampga signal yubordi degan versiyani örtaga taşladi. Aytib qöyay, men Duginning birorta gapiga işonmayman, uni aşaddiy propagandaçi deb bilaman, lekin bu «faylasuf»ning gapini Eron muhofizlar korpusiga aloqador kanallar tarqatgani e’tiborga molik. Telegram'dagi 500 mingga yaqin obunçasi bor korpus faoliyatini yoritadigan kanal Duginning postini ulaşib, uni quvvatlab izoh ham yozdi. Ya’ni, Tehronda ham şu tariqa senator Grem Isroil nişoni bölgani haqida versiyani quvvatlaşdi.
Şu örinda savol paydo böladi: senator Grem Tramp Isroil uçun Eronda uruş boşlaşiga undagan odam bölsa, isroilliklar uni nega öldirsin? Çindan şunaqa, senator Grem Erondagi uruş tarafdori edi. Yuqoridagi versiyani ilgari surayotganlar mantiğiga köra, Tramp Eronga qarşi yetarliça keskin uruşmayotgani Gremni nişonga aylantirgan bölişi mumkin.
Isroil Amerika Eron bilan heç qanday kelişuv tuzişni istamasligi bor gap. Tramp Eron bilan kelişiş uçun 60 kunlik öt oçişni töxtatiş kelişuvi imzolaganida Isroil bundan qanday norozi bölganini eslang. Bu esa Gremning ölimi bilan boğliq versiyalarni köpaytirişi tabiiy.












