Ösmirlarga tungi vaqt, iş kunlari va bayramlarda onlayn-öyinlar öynaş çeklanadi. 18 yoşgaça ösmirlarga iş kunlari 90 daqiqadan köp onlayn-öyinlar öynaş taqiqlanadi, bayram va dam oliş kunlari esa 3 soatgaça öynaşga ruxsat beriladi.

Bundan taşqari, soat 22:00dan 8:00gaça öyinlar öynaş taqiqlanadi. Şuningdek, ösmirlar öyinlar içidagi buyumlarni sotib olişiga çeklov kiritiladi. Unga köra, 8 yoşdan 16 yoşgaça bolalarga öyinlardagi hisobraqamlarini oyiga 200 yuandan (29 dollar), 16 yoşdan 18 yoşgaça ösmirlarga esa 400 yuandan (57 dollar) köproqqa töldiriş taqiqlanadi.   

Bu çoralar Xitoydagi barça onlayn-platformalarda joriy qilinadi.

Bunday qat'iy çoralar kiritilişi ösmirlarning onlayn-öyinlarga ruju qöyişi oqibatida öqişda özlaştirişi pastligi va ularda uzoqni yaxşi körolmaslik rivojlanişi bilan boğlangan. Mansabdor şaxslar yangi çeklovlar “baloğatga yetmaganlarning ruhiy va jismoniy salomatligini himoyalaşga” yordam berişiga umid qilişmoqda. Biroq, geymerlar va ularning ota-onalari yangi qoidalarga şubha bilan qaraşmoqda. Ularning fikriça, bolalar öyin işlab çiqaruvçilarini ota-onalarining ma'lumotlaridan foydalanib alday olişlari mumkin.

Texnologik kompaniyalardan birining egasi Yang Bingbenning fikriça, köpçilik ösmirlar uşbu çeklovlarni çetlab ötiş yöllarini topa olişadi yoki internetga ulanişni talab qilmaydigan bir foydalanuvçili kompyuter öyinlarini öynaşga ötib ketişadi. Uning fikriça, bolalarni öyinlardan çalğitiş uçun köproq sport maydonçalari va stadionlar quriş lozim.

Avvalroq Tailandda 17 yoşli ösmir bir neça kun davomida kompyuter öyinlarini tinimsiz öynaşi oqibatida insultga uçrab, vafot etgani ma'lum qilingandi.