Toşkent şahri Bektemir tumanidagi avtoyuviş şoxobçasida yuvib qöyiş uçun qoldirilgan «Lasetti» avtomaşinasi olib qoçilganidan söng ayançli yöl-transport hodisasi oqibatida ağdarilgan holatda Namangan viloyati Pop tumani hududidan topilgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, 2019 yil 7 noyabr kuni taxminan soat 09:40larda Bektemir tuman Ohangaron şohköçasida joylaşgan avtomaşinalarni yuviş şoxobçasiga fuqaro 50 yoşli A.R. tomonidan qoldirilgan «Lasetti» rusumli avtomaşinasini mazkur avtoyuviş şoxobçasi işçisi, 48 yoşli E.X. olib qoçgan hamda şu kuni soat 16:30da Namangan viloyati Pop tumani Qöşminor MFY hududidan ötuvçi «Toşkent-Öş» avtomobil yölining 262 km.da avtomaşina boşqaruvini yöqotib, yöl çetiga çiqib ketib ağdarilgan.
Natijada fuqaro E.X. «boş miya oğir şikasti, kalla asos suyagini sinişi, miya şişi» kabi tan jarohatlari olib, Pop tuman tibbiy markaziga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 8 noyabr kuni Bektemir tuman IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan E.X.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











