Andijon viloyati Jalaquduq tumanida ikki maşina töqnaşuvi oqibatida ulardan biri yöl çetidagi zovurga tuşib ketdi.
Xabar qilinişiça, voqea 10 may kuni soat 16:20larda Jalaquduq tumani “Beş karam” MFY hududidan ötgan D-138 avtomobil yölida sodir bölgan.
Haydovçi M.N. özining “Damas” rusumli avtomaşinasida ikkinçi darajali yöldan asosiy yölga keskin çiqib yuborib, asosiy yöldan kelayotgan “Lasetti” avtomaşinasi bilan töqnaşgan.
“Lasetti” haydovçisi rul boşqaruvini yöqotişi natijasida maşina yöl çetidagi zovurga tuşib ketgan.
Hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan, avtomaşinalar texnik şikastlangan.
Holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB YHXG xodimi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.












