Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi «Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat körsatişi uçun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlaştirişni kuçaytiriş va ularning mas'uliyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi hamda Vazirlar Mahkamasining «Urgut», «Ğijduvon», «Qöqon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarining transport, işlab çiqariş va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirişga qaratilgan qarorlariga muvofiq, «Qöqon erkin iqtisodiy zonasi» faoliyat körsatmoqda.

Qöqon erkin iqtisodiy zonasida öz içiga ikkita, ya'ni «A» va «V» zonalarini birlaştirgan 110/10 kVli «Qöqon EIZ» podstansiyasi işga tuşirilişi munosabati bilan ötkazilgan tadbirda viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyev, viloyatdagi taşkilotlar rahbarlari va tadbirkorlar iştirok etişdi.

Elektr podstansiyasining «A» zonasida elektr ta'minoti böyiça quvvati 630 kVA bölgan ikkita transformator, 19 dona zamonaviy yaçeyka va elektr qurilmalari örnatildi. Tadbirkorlarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlaş uçun 2 zanjirli 110 kVli uzunligi 1,1 km bölgan elektr uzatiş tarmoqlari qurildi.

«V» zonada esa 110/10 kVli quvvati 25000 kVA bölgan ikkita kuç transformatoridan iborat podstansiya qurilib, 4,2 km masofada 2 zanjirli 110 kVli elektr uzatiş tarmoqlari quriliş-montaj işlari yakunlandi. 24 dona temir-beton tayançlar örnatilib, uzunligi 1,5 km. bölgan elektr uzatiş tarmoqlari tortildi.

«Şuni alohida ta'kidlab ötiş joizki, elektr podstansiyasining işga tuşirilişi nafaqat erkin iqtisodiy zonadagi tadbirkorlar uçun, balki atrof hududda yaşovçi aholi uçun ham katta qulaylik yaratdi», deyiladi «Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati xabarida.