Sönggi uç yil içida körgazmaga puxta tayyorgarlik işlari olib borildi. Bir qança özbek-fransuz qöşma ekspeditsiyalari bölib ötdi, ular davomida köplab arxeologik tadqiqotlar olib borildi. Bundan taşqari, Parijdagi Luvr muzeyi restavratorlari va mamlakatimiz mutaxassislari bir neça bosqiçda keng kölamli restavratsiya işlarini bajardi. 

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi

Restavratsiya qilingan buyumlar orasida Kofir-qal’a qadimgi şahar qoldiqlaridan (Samarqand) topilgan, kuyib kömirga aylangan va VI-VII asrlarga mansub yoğoç lavh ajralib turadi. Uning old qismlari tozalandi va restavratsiya qilindi, lavhning özi yettita qismlari bilan birlaştirildi. 

Jamğarma restavratsiya işlari uçun Luvr muzeyi mutaxassisi Delfin Lefevrni jalb qildi. U Yahyo Ğulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutining yetakçi ilmiy xodimi Marina Reutova bilan birga işladi. 

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi

Kofir-qal’adan topilgan, öymakor naqşlar bilan bezalgan, kuyib kömirga aylangan lavhni konservatsiya qiliş Söğd tasviriy san’atining syujyetlarini örganiş, VII asr va VIII asr boşidagi Samarqand hukmdorlari qarorgohida taxt örnatilgan xonaning arxitektura bezaklarini grafik rekonstruksiya qiliş imkonini berdi. 

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi

Şuningdek, loydan yasalgan «Gulçambar taqqan Budda» haykaliga ham (miloddan avvalgi I asr – milodiy I asr) restavratsiya işlovi berildi, eksponatning ust qismi tozalandi va zararlangan qismlari mastika bilan qoplandi.

Bundan taşqari, Islom olamining noyob obekti va eng muhim qölyozmalaridan biri bölgan XIII asrga mansub Katta Langar Qur’onining 13 sahifasi restavratsiya qilindi. Uşbu Qur’on uzoq vaqt Qaşqadaryo viloyati, Qamaşi tumanidagi Langar-ota masjidida saqlangan va eng qadimiy qölyozma nusxalaridan biri hisoblanadi.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi