Parijdagi Luvr muzeyida “Özbekiston vohalari möjizalari. Karvon yöllari çorrahasida” körgazmasi davom etmoqda. Unda Özbekiston muzeylaridan olib kelingan eng sara eksponatlar namoyiş etilyapti. Ular orasida Katta Langar Qur’oni alohida öringa ega.

Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Şoazim Minovarov körgazma davomida jurnalistlarga bergan intervyusida Katta Langar Qur’oni haqida ma’lumot berdi.

“Özbekistonda 17 ta sahifasi saqlanyapti. Öz paytida tarixiy şart-şaroit tufayli qölyozmaning bir qismi XIX asr oxirlarida Sankt-Peterburgga ketib qolgan. Buning uzoq tarixi bor. Bizda saqlanayotgan qismi Katta Langar qişloğida edi, 2005 yilda Özbekiston musulmonlari idorasiga olib keltirildi. Buning ham sababini bilişi kerak xalqimiz. Boisi, har xil taxminlar yuradi. Bu qölyozma teriga yozilgan, teriga yozilgan har qanday matnlar maxsus usullarda saqlanişi kerak. Çunki teri nafas olib turişi kerak. Şuning uçun ham qölyozma sarkofag, ya’ni mana bunday qutiga solingan. Uning içida namlik va harorat bor. Agar bu namlik va harorat bölmaydigan bölsa, turgan joyida teri tortilişi va bu bilan yozuv ham, qölyozma ham nobud bölişi mumkin. Şu sababli Katta Langar qişloğidan Musulmonlar idorasiga olib kelingan. Idorada ham xuddi şunday sarkofagimiz bor, unda Usmon muşafi va Katta Langar Qur’oni saqlanadi”, – deydi u.

Minovarov uçinçi xalifa Usmon davrida Qur’onning turliça talqinlari birlaştirilib, yagona muşaf yaratilgani, bu muşaf 6 nusxada bölgani, ulardan 3 nusxasi hozirgaça saqlanib qolgani, şulardan biri Toşkentda saqlanişini aytar ekan, Katta Langar Qur’oni ham ana öşa 6 nusxadan biri bölişi mumkinligini qayd etdi. “Şuning uçun Katta Langar Qur’oni ustidagi tadqiqot davom etadi”, – dedi u.

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarining ta’kidlaşiça, Katta Langar Qur’oni hijoziy yozuvda yozilgan; Parijdagi milliy kutubxonada ham ayni şu yozuvda yozilgan muşaf bor va u ham VIII-X asrlarga oid deb taxmin qilinadi.

“Markazimizda fransuz döstlarimiz bilan hamkorlik qilyapmiz. Bizdagi 17 ta sahifa, Sankt-Peterburg va Fransiyadagi sahifalar agar bir-birini töldirsa, demak bu bitta Qur’on böladi. Qolaversa, 2003 yilda Birminhemda Qur’onning qadimiy 2 sahifasi topilgan, u hatto VI asrga oid bölişi mumkin degan taxminlar bor. Çunki birinçi xalifa Abu Bakr paytlarida bir nusxa Qur’on kitob qilingan, uning taqdiri noma’lum. Birminhemdan topilgan sahifalar ham Katta Langar Qur’oniga öxşaş, bu taxminni ham ilmiy nuqtayi nazardan albatta tekşiriş kerak”, – dedi Şoazim Minovarov.

Eslatib ötamiz, Katta Langar Qur’oni 2019-2021 yillarda fransiyalik mutaxassislar tomonidan restavratsiya