11 fevral kuni barça turdagi elektr tarmoqlari va energiya obektlarini loyihalaştiradigan «Uzenergoengineering–Assystem» Özbekiston–Fransiya qöşma korxonasining taqdimoti bölib ötdi.
Qöşma korxonani taşkil etiş töğrisidagi bitim 2019 yil
24 sentabr kuni Özbekiston Energetika vazirligida Assystem vakillari bilan uçraşuvda imzolangan. 2019 yil 17 oktyabrda «Uzenergoengineering – Assystem» MÇJ QK röyxatiga olingan.
Bu qöşma korxonaga kiritilgan sarmoyalar bir qator vazifalarga qaratilgan:
- Özbekistonda va undan taşqarida elektr energiyasini uzatiş va taqsimlaş loyihalari;
- infratuzilma işlari, şu jumladan elektr va atom energiyasini işlab çiqariş;
- Özbekistondagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilişga qaratilgan boşqa faoliyat turlari.
Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xodjayev qöşma korxona haqida şunday fikr bildirdi:
– Eng muhimi, 46 işçi örni yaratiladigan bu qöşma korxonada asosan özimizning mutaxassislar – muhandislar, loyiha menejyerlari va boşqa zarur sohalarga endi diplom olgan yoşlar işga qabul qilinişi rejalaştirilgan. Soha innovatsion, maoşlari baland, şu bilan birga yoşlarimiz har yili Assystem Engineering kompaniyasining dunyoning turli davlatlarida faoliyat yuritayotgan obektlarida malaka oşiriş imkoniyatiga ega bölişadi.











