Nukus şahri markazida Nukus city şaharçasi qurilişi uçun belgilangan hududda 400dan ortiq xususiy uylar bosqiçma-bosqiç buzilişi belgilangan.
ÖzA’ning yozişiça, şahar içidagi yangi şaharning quriliş işlari kelgusi yilda boşlanadi.
Bugungi kunda Nukus city loyihasining yangi varianti işlab çiqilgan. Yangi şaharça şahar markazidan oqib ötuvçi “Döstlik” kanalining çap qirğoğidagi maydonga, ya'ni “Turon” mahalla fuqarolar yiğiniga qaraşli hududda barpo etiladi. Quriliş obektlari uçun birinçi bosqiçda 43 gektar yer maydoni tanlangan bölsa, ikkinçi bosqiçda bu 53 gektarga yetkazildi. Nukus city'ning umumiy maydoni 70 gektardan ortiq böladi.
Quriliş uçun belgilangan hududda 400dan ortiq xususiy uylar bosqiçma-bosqiç buzilişi belgilangan. Ijtimoiy ahamiyatga ega ba'zi yirik obektlar – masjid, sport kolleji, suv basseyni, futbol stadioni va yangi qurilgan 4-5 qavatlik uylar buzilmaydi.
Nukus city'da dastlab 16 qavatlik uylar qurilişi rejalaştirilgan. Undan taşqari 20 qavatli mehmonxona, biznes markazlari, köngiloçar maskanlar, banklar, savdo dökonlari qurilişi ham nazarda tutilgan.
Xususiy uylarni buzib, köçiriş işlari 3 bosqiçda olib boriladi. Birinçi bosqiçda 140ta uyning buzilişi va uning egalarini boşqa joyga köçiriş işlari reja qilingan.







