Oliy sud, Içki işlar, soğliqni saqlaş vazirliklari mutasaddilari iştirokida ötkazilgan tadbirda feysbuk ijtimoiy tarmoğida Şabnam Olloşukurova nomi bilan tanilgan bloger Nafosat Olloşukurova bilan boğliq voqealar tafsilotlari böyiça ma'lumot taqdim etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) Uluğbek Muhamadiyev Olloşukurova bilan holat böyiça komissiya xulosasi bilan taniştirdi. Uni tekşiruvdan ötkazgan psixiatrlar blogerning ruhiy holati, unga qöyilgan taşxis haqida ma'lumot berişdi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Olloşukurova qanday asosga köra ruhiy şifoxonaga yotqizilganiga izoh berdi.
Tadbirda mutasaddilar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atrofliça javob berişdi.
Kun.uz muxbiri Jamşid Niyozov doimiy tarzda tanqidiy çiqişlar qilib turgan Şabnam Olloşukurovaga ruhiy buziliş böyiça qöyilgan taşxisni istalgan odamga qöyiş ehtimoli borligiga e'tibor qaratib, bundan keyin boşqalarga ham bunday taşxis qöyilmasligi qay darajada kafolatlangani böyiça savol bilan yuzlandi.
Bu savolga AOKA direktori Komil Allamjonov javob qaytardi.
«Endi bu şunaqa savolki, kimga söz berişniyam bilmayman. Axir bu yerdagilardan kimdir agar tanqid qilsang, ertaga sen ham şu holatga tuşasan, demaydi-ku? Aslida holat unaqa emasligini körib turibsiz-ku!?
Keyin tanqidni faqat Nafosat Olloşukurova qilmayapti. Agar tanqid qilgani uçun şifoxonaga yotqizilgan bölganda, siz tanqidlar böyiça çempionsiz. Sizning qilgan tanqidlaringizdan men ham qolmaganman, agentligimiz ham qolmagan, umuman, siz tegmagan soha yöq. Lekin mana, binoyiday ötiribsiz, yuribsiz, heç kim sizga e'tiroz bildirayotgani yöq.
Nega Olloşukurova şifoxonaga yotqizilganidan keyinoq zudlik bilan bu masalada izoh bermadik? Oçiğini aytaman, men Nafosat Olloşukurovani tanimasdim. Ular bloger ekanliklari, umuman faol bloger ekanliklarini mana şu holat bölgandan keyingina yaxşi bilib oldik.
Lekin agarda sizning fikringiz şunaqa bölsa, Özbekistonda sovetlar davridagi narsalar qaytyapti qabilidagi fikrlarni ilgari suradigan bölsangiz, men faqatgina ming afsus deyman. Ming afsus, essiz bizning mehnatimiz, essiz bizning agentlik himoya qiladi deb şunça ötkazayotgan tadbirlarimiz, essiz qonunçilikka kiritayotgan özgarişlarimiz. Bitta holat yöqki, biz nazarimizdan, nazoratimizdan çetda qoldirgan bölsak.
Nega bizga Prezident administratsiyasi huzuridagi agentlik maqomi berildi? Çunki muammo juda köp. Bosimlar bölayotganini bilamiz. Davlat organlari xodimlari tanqidni kötara olmayotgan holatlar bölayotganini bilamiz. Buni tan olyapmiz. Mana yaqinda OBSe (YeXHT) elçilari kelgandayam men buni oçiqçasiga aytdim. Agar mening ma'ruzamni eşitgan bölsangiz, sizga qiziq bölgan bölsa, men şu yerda hammasini gapirdim.









