Joriy yilning 11 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida, sudya Zafar Nurmatov raisligida Navoiydagi 47-sonli jazoni ijro etiş muassasasida vafot etgan Ş.S. işi böyiça sud jarayonlari yakunlandi.

Dastavval, sönggi söz sudlanuvçilarga berildi. Sudlanuvçi K.J. aybi yöqligini ma'lum qilib, özi oqlanişini söradi. Boşqa sudlanuvçilar ham bu işni atayin qilişmagani, qilmişlaridan afsusda ekanliklarini bildirişdi.

Işda iştirok etgan barça şaxslarning sönggi sözlari tinglanib, sud maslahatga kirdi. Sud maslahatidan söng iş böyiça hukm öqildi.

Hukmga köra barça sudlanuvçilar Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi bilan aybli deb topildi.

Ayblanuvçilarning barçasi Oliy Majlis Senatining 2016 yil 12 oktyabrdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma tört yilligi munosabati bilan amnistiya töğrisidagi qaroriga muvofiq, asosiy jazodan ozod etildi.

Şuningdek, sud hukmi bilan sudlanuvçilarga Özbekiston Respublikasi JKning 45-moddasi qöllanib, turli körinişdagi muayyan huquqdan mahrum etiş jazo çoralari qöllandi.

Jumladan, sudlanuvçi K.J. bir yil muddatga tibbiyot muassasalarida statsionar jarrohlik amaliyoti bilan şuğullaniş huquqidan, sudlanuvçi M.I. bir yil muddatga rahbarlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan, sudlanuvçi Ş.X. bir yil muddatga Özbekiston Respublikasi IIV jazoni ijro etiş muassasalariga qaraşli tibbiyot bölimlarida işlaş huquqidan, sudlanuvçi A.D. bir yil muddatga nefrolog ixtisosligi böyiça işlaş huquqidan mahrum etildi.

Jabrlanuvçi, marhumning onasiga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar fuqarolik sudlovi tartibida undiriş huquqi tuşuntirildi.

Sud-tibbiyot ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi rahbariyatining e'tibori markazning kriminalistika bölimidagi Qurbanov va markazning Navoiy viloyat filiali bölim eksperti Örunov tomonidan yöl qöyilgan jiddiy xato va kamçiliklarga qaratiş yuzasidan hususiy ajrim çiqarildi. Ularga nisbatan intizomiy jazo çorasi qat'iy hal qilinişi ajrimda belgilab qöyildi.

Raislik qiluvçi jinoyat işini körib çiqib, jabrlanuvçining «marhum urib-döpposlab, jismoniy tazyiq oqibatida ölgan», degan sözlari bilan sud dalillar yetarli bölmagani bois kelişa olmasligini ma'lum qildi.