«Qirğiziston bilan öyinga faqat ğalaba umidida keldik. Aynan uşbu öyindan keyin guruhda 2-örin masalasi hal bölsa kerak» - deya söz boşladi özbekistonlik mutaxassis.

«Töğri, Toşkent orqali Qirğizistonga uçiş oldidan kiçik muammo çiqdi. Bizda aviaçiptalar va viza masalasida muammo böldi. Şu bois, terma jamoa futbolçilarining aksariyati yakşanba kuni, yana bir qismi bugun, duşanba kuni yetib kelişadi. Buni qörqinçli joyi yöq, yigitlar Toşkentda qolib ham maşğulotlar ötaşdi. Toşkentdan Bişkekkaça 45 daqiqa parvoz qilinadi, şunday ekan, ayrim futbolçilarning keçroq kelişi jamoa öyiniga ta'sir qilmaydi.

Myanmaga qarşi öyindan keyingi iste'fo haqidagi gaplarga qanday qarayman? Har narsa deyiş mumkin. Bu hamma murabbiyning taqdirida bor. Iste'fo haqida kim gapirayapti yoki yozayapti, bilmayman. Hamma qanday yaşaşni örgatadi, ammo baxtlilar negadir köp emas. Şunday ekan, gap-sözlarga köp ahamiyat bermayman. Bu normal holat. Hattoki, Xitoy terma jamoasi maşhur Lippini haydab yubordi. Imkoniyat bor ekan, bor kuç bilan işlaşda davom etamiz. Qirğizistonni Duşanbeda mağlub eta olgandik. Bu safar ham aynan ğalabaga intilamiz» - deydi Tojikiston terma jamoasi boş murabbiyi Usmon Toşev.