«Ahmad bin Ali» stadionida ötgan bahsda Tojikiston milliy jamoasi Iordaniyaga qarşi maydonga tuşdi. Uçraşuvning birinçi bölimida hisob oçilmadi. Taym qöşnilarimiz hujumçisi Şahrom Samiyevning 29-daqiqada jarohat olib, maydonni közda yoş bilan tark etgani bilan yodda qoldi.
Ikkinçi bölimda ham öyinda tengkuraş kuzatilgan bölsa-da, Mabatşoyev yakkama-yakka vaziyatda hisobni oçiş imkoniyatini qöldan çiqardi. Köp ötmay, iordaniyaliklarning burçakdan yetkazgan uzatmasi Vahdat Xanonovning avtogoli bilan yakunlandi – 0:1. Uçraşuv yakunigaça iordaniyaliklar hisobdagi ustunlikni saqlab qolişdi va dastlabki yarimfinalçiga aylanişdi.
Şu tariqa, Tojikiston milliy jamoasi turnirdagi debyutida çorakfinalgaça yetib keldi. Iordaniya yarimfinalda Janubiy Koreya – Avstraliya juftligi ğolibiga qarşi öynaydi.
Osiyo kubogi-2023. Çorakfinal
Tojikiston – Iordaniya – 0:1
Hakam: Fu Ming (Xitoy)
Gol: Vahdat Xanonov, 66 avtogol.
Iordaniya: 1.Yozid Abulayla, 3.Abdallah Nasib, 5.Yazan Al Arab, 8. Nur Al (Muhammad, 81), 9.Ali Olvan, 10.Musa At-Tamari, 11.Yazan Al Naymat, 13.Mahmud Al Mardi (Ibrahim Sami, 81), 14.Rojai Ayyed, 17.Salim Al Ajalin, 23.Ehson Haddad.
Tojikiston: 1. Rustam Yatimov, 2. Manuçexr Safarov, 6. Vahdat Xanonov, 2. Zoir Jöraboyev, 19. Axtam Nazarov, 17. Ehson Panjşanbe, 7. Parvizjon Umarbayev, 14. Alişer Şukurov, 10. Alişer Jalilov (Nuriddin Hamroqulov, 77), 15. Şervoni Mabatşoyev, 22. Şahram Samiev (Rustam Soirov 28, Alijon Ayni, 82).













