Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 4 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
Foto: iStock
O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-oktabr oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan oltin eksportini 2,6 baravarga oshirdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
2019 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 4,04 milliard dollarlik oltin eksport qildi.
Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 27,3 foizni tashkil etdi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan va 2018 yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.
Bundan oldin, o‘zbekistonliklar «inomarka»larga xarajatlarni yanada ko‘paytirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:26
Nega markaziy banklar rekord sur’atlarda oltin sotib olmoqda?
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
21:32 / 01.05.2026