Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning uchta viloyatida shamoldan energiya oluvchi qurilmalar o‘rnatiladi
O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi «China International Import Expo» 2-import mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasida Xitoyning «Liaoning Leader Investment Holding Group» xolding korporatsiyasi bilan qayta tiklanuvchi yashil energetika sohasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.
Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlarida amalga oshiriladigan loyihalarning birinchi bosqichida umumiy quvvati 600 MVt bo‘lgan shamol energetika qurilmalari o‘rnatiladi. Loyihalar 720 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Xitoy kompaniyasi sinov loyihasi sifatida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida shamol o‘lchovlarini aniqlash uchun uchta anemometrik minora o‘rnatdi. Aniqlash natijalariga ko‘ra o‘rnatiladigan shamol energetika qurilmalari joylashuvi va texnik xususiyatlari belgilab olinadi.
«Liaoning Leader Investment Holding Group» kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi energetika tizimlari va elektr uzatish liniyalariga ulash vositalarini modernizatsiya qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi
13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
20:09 / 03.02.2025