Prezident O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasiga tashrif buyurdi
“O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi davom etmoqda.
Davlat rahbarining 2019 yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur tadbir doirasida mingga yaqin korxonalar, kompaniya va firmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari 10 mingdan ortiq turdagi mahsulotlari bilan qatnashmoqda.
Bugun, 20 noyabr kuni, mahalliy korxona va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.
Davlat rahbari yarmarka doirasida namoyish etilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Mahalliy mahsulotlarning sifati, xaridorgirligi, lokalizatsiya darajasi bilan qiziqdi. Shuningdek, prezident tomonidan mahalliylashtirishni kengaytirish, import bo‘layotgan detallar ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish, bu borada sifatni ta'minlash orqali xaridor orttirish zarurligiga e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.
Tashrif mobaynida prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekgidroenergo” AJ uchun ajratilgan maxsus hududda Jamiyat boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov bilan sohada olib borilayotgan amaliy ishlar hamda tizim tashkilotlarining mahsulotlari borasida fikr-mulohaza almashdi.
Ta'kidlash joizki, ishtirokchilar tomonidan sanoat korxonalarining eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlari, ularning sifat va texnik ko‘rsatkichlari, ulgurji va chakana narxlari, korxonalarning mavjud quvvatlari kabi ma'lumotlar o‘rganilmoqda hamda hamkorlik shartnomalari imzolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi joriy yilning 22 noyabr sanasiga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
16:03 / 12.07.2024
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasi ko‘rib chiqiladi
14:15 / 12.07.2024
Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytiriladi
14:08 / 12.07.2024
“Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi” – prezident
08:25 / 12.07.2024