Oliy Majlis Qonunçilik palatasi sobiq deputati, ekologiya vaziri maslahatçisi Rasul Kuşerbayev 19 aprel kuni Toşkent viloyati Yangiyöl tumani IIBga çaqirilganini ma’lum qildi.
U «iş uçun ahamiyati bölmasada» mobil telefoni olib qöyilganini, IIB xodimlari özi haqida qöşnilaridan ham ma’lumot töplaganini ta’kidladi.
Toşkent viloyati IIBB holatga munosabat bildirib, sobiq deputat fuqaro R.F.ning Yangiyöl tumani IIBga kiritgan şikoyat arizasi asosida çaqirtirilganini ma’lum qildi. Arizada Kuşerbayev unga nisbatan ijtimoiy tarmoqlar orqali şaxsning şa’ni va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda haqorat qiluvçi ma’lumotlar tarqatgani bayon qilingan.
Uşbu iş doirasida hozirgi vaqtda tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilayotgani munosabati bilan 19 aprel kuni Rasul Kuşerbayev qonunda belgilangan tartibga köra, IIBga çaqirtirilgan va tegişli protsessual harakatlar amalga oşirilgan.
Toşkent viloyati IIBBga köra, Jinoyat-protsessual kodeksining 157, 159-moddalariga asosan tergovga qadar tekşiruvni har tomonlama töliq va sifatli olib borilişini ta’minlaş hamda arizaçi bayon etgan holatlarga aniqlik kiritiş uçun tergov bölinmasi tomonidan qaror çiqarilib, Kuşerbayevga tegişli mobil telefoni vaqtinça olinib, közdan keçirilgan.
Bayonotda ta’kidlanişiça, mazkur iş doirasida protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.
IIBB Kuşerbayev va «ayrim jamoatçilik faollari» tomonidan tarqatilayotgan göyoki asossiz ariza böyiça uşlab turilişi, mobil telefonning ahamiyatsiz olib qöyilişi yoki qandaydir alohida suriştiruvlar olib borilayotgani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq ekanini ta’kidladi.
«Fuqaroning arizasi mamlakatimizning qonun hujjatlariga köra, töliq tekşirilişi va huquqiy baho berilişi ta’minlanadi», — deyiladi xabarda.
Şu bilan birga, idora har bir protsessual harakatning asosliligi va qonuniyligi ustidan örnatilgan tartibda şikoyat keltirilişi ham mumkinligini eslatib ötdi.
IIBB jamoatçilik va OAVni asossiz ma’lumot tarqatmaslikka çaqirib, huquqni muhofaza qiliş organlarining faoliyatiga aralaşiş va ma’lum bir maqsadda işni körib çiqiş natijalariga, şu jumladan, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali ta’sir qilişga uriniş, belgilangan tartibda javobgarlik keltirib çiqarişini eslatdi.












