Parlament quyi palatasining barça qömitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Özbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi yiğilişlarida “2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi qonun loyihasi keng muhokamada bobma-bob, moddama-modda körib çiqilmoqda.

Qonunçilik palatasi saytida xabar qilinişiça, qonun loyihasiga bir qator zarur özgarişlar ham kiritilmoqda. Deputatlar tomonidan ilgari surilgan taklifga köra, qonun loyihasining 19-moddasiga qöşimça ravişda mahalliy budjetlarga yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliğining bir qismi alohida yirik soliq tölovçilardan va Özbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvçi muassasa orqali faoliyat yurituvçi Özbekiston Respublikasi norezidentlari, şuningdek, tölov manbasida uşlab qolinadigan norezidentlar daromadlaridan taşqari, 50 foizini qoldiriş normasini kiritiş taklif etilmoqda.

Bildirilişiça, bu mahalliy hokimliklar tomonidan yangi korxonalarni taşkil etiş hamda iqtisodiyotni rivojlantiriş orqali soliqqa tortiş bazasini kengaytirişga va budjetga tuşadigan tuşumlarni köpaytirişga bölgan qiziqişni yanada oşiradi.

Ta'kidlanişiça, qonun loyihasini pişitiş jarayonida deputatlar tomonidan kötarilgan bu kabi taklif va mulohazalarning aksariyati inobatga olinmoqda.

DSQ foyda soliği böyiça qöşimça hisoblangan va undirilgan soliqlar sababini ma'lum qildi