Respublika böysunuvidagi Surxondaryo viloyatining Şarğun şahrini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Prezidentning “Respublika böysunuvidagi şaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2019 yil 4 iyundagi PF-5738-son Farmoni bilan yuklatilgan aniq vazifalar ijrosini ta'minlaş uçun Şarğun şahrida 2020-2022 yillarda bajariladigan asosiy tadbirlar quyidagilar etib belgilanadi:

birinçidan, Şarğun şahrining Boş rejasini tanqidiy örganib, yöl-transport infratuzilmasi, şoh köçalar, köp qavatli uylar qurilişi, parklar, bulvarlar, zamonaviy savdo markazlari, infratuzilma obektlari va sanoat zonalarini joylaştiriş masalalarini muhandislik tarmoqlari bilan birgalikda körib çiqib, takliflarni tayyorlaş hamda yaqin 3-5 yillik şaharsozlik vazifalarini belgilab oliş;

arxitekturaviy qiyofani zamonaviylaştiriş, köp qavatli uy-joy fondini sifat jihatdan yaxşilaş, kommunal xizmat körsatiş tizimini tubdan takomillaştiriş, aholiga sifatli kommunal xizmat körsatişni joriy etiş;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, xususan içimlik suvi va oqova suv tizimlarini qaytadan quriş, avtomobil yöllari va içki köçalar holatini yaxşilaş, şahar köçalaridagi mavzelarda tungi yoritiş tizimlarini yangidan zamonaviy holatga keltiriş;

içki va şaharlararo yönalişlarda harakatlanuvçi jamoat transportlarining yangi yönalişlarini taşkil etib, aholiga sifatli va qulay transport xizmatlarini körsatişni taşkil etiş;

transport xizmatlarini körsatuvçi yangi xususiy korxonalar taşkil etib, ularni moliyaviy qöllab-quvvatlaş orqali zamonaviy jamoat transport vositalarini xarid qiliş;

ikkinçidan, şaharda ekologik muhitni yaxşilaş, aholi salomatligiga salbiy ta'sirini kamaytiriş çoralarini köriş, kökalamzorlaştiriş, daraxtlarni ötqaziş va yaşil maydonlar, gulzorlar taşkil etiş tadbirlarini amalga oşiriş;

bunda, mazkur tadbirlarni amalga oşiriş uçun şaharda oçiq va yopiq yer osti suğoriş tizimlarini barpo etib, irrigatsiya tarmoqlarini bugungi kun talabida qayta tiklaş;