Hukumat qarori bilan Milliy gvardiyaning qöriqlaş xizmati bölinmalari tomonidan qöriqlanadigan obektlar röyxati tasdiqlandi.
Şunga köra, Milliy gvardiya manfaatdor taşkilotlar bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar tasdiqlangan röyxatga asosan obektlarni bosqiçma-bosqiç qabul qilib oladi va qöriqlanişini ta'minlaydi.
Qarorga muvofiq, maktablar va diniy taşkilotlarning obektlari “taşviş tugmalari” bilan jihozlanadi.
Banklar va ular filiallarining qöriqlanişini taşkil etiş şartlari Milliy gvardiya va Markaziy bank birgalikda tasdiqlagan qoidalarga asosan belgilanadi.
Milliy gvardiya qöriqlaş xizmati bölinmalari tomonidan obektlarni qöriqlaş bilan bir qatorda tranzit yuklarni, transportdagi moddiy boyliklarni, portlovçi, radioaktiv (zaharli) va boşqa vositalarni qurolli qöriqlaş-kuzatiş amalga oşirilişi mumkin.
Şuningdek, jismoniy şaxslarga va tadbirkorlarga tegişli obektlar ularning ixtiyoriga köra tuzilgan şartnomalarga asosan qöriqlanadi.












