Amerikalik boksçi Deontey Uaylder kubalik Luis Ortisga qarşi ikkinçi jangida ham ğalaba qozonib, oğir vazndagi WBC çempionlik kamarini himoya qila oldi. Amerikalik 7-raundda raqibini nokautga uçratib, muddatdan avval ğalabaga erişdi.
Uşbu boksçilar örtasidagi birinçi jang 2018 yil martda bölib ötgandi va öşanda Uaylder 9-raundda texnik nokaut bilan ğalaba qozongandi. Keyinroq 40 yoşli Ortis öşa jangdan töğri xulosalar çiqarib, 34 yoşli Uaylderdan revanş olişga va'da bergandi.
Joriy jangda Uaylder oçiqça jangga kirişmaslikka qaror qilgan, Ortis esa jang davomida tobora faollaşib borgan. Amerikalik jangni bir zarba bilan yakunlaş imkonini kutayotgandek körinib, oxir-oqibat 7-raund söngida raqibini doğda qoldirişga muvaffaq böldi. Kubalik zarbadan ringga qulab, belgilangan soniyalar içida örnidan turolmagaç, jang yakun topdi.
Uaylder çempionlikni özida saqlab qolgan va endi 2020 yil 22 fevralga belgilangan keyingi jangida britaniyalik Tayson Fyuriga töqnaş keladi.












