Davlat statistika qömitasi tomonidan mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 24 sentabr kuni ötkazilgan kuzatuv natijalari böyiça alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma'lum böldi.

Mol göşti (lahm göştidan taşqari) 32 000 sömdan 55 000 sömgaça (kg)

Kuzatuv natijasiga köra, 1 kg mol göştining (suyaksiz göştidan taşqari) minimal narxi Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori», Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (32 000 söm). Mol göştining maksimal narxlari esa Toşkent şahrining «Eski jöva dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Qöyliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (55 000 söm).

Qöy göşti 35 000 sömdan 60 000 sömgaça (kg)

Qöy göştining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori»da (35 000) sömdan röyxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da (60 000) sömdan kuzatildi.

Kartoşka 1 200 sömdan 4 000 sömgaça (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga köra, kartoşkaning minimal narxi Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 200 sömdan), maksimal narxlari esa Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 000 söm) qayd etildi.

Piyoz 1 000 sömdan 3 000 sömgaça (kg)

Kuzatuv natijasiga köra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Jizzax şahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Toşkent şahrining «Eski jöva dehqon bozori»da (1 000) sömdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Namangan şahrining «Namangan Çorsu dehqon universal bozori», Urganç şahri «Urganç markaziy dehqon bozori», Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 000 söm).

Sabzi 1 500 sömdan 5 500 sömgaça (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori», Jizzax şahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Farğona şahri «Farğona şahar markaziy dehqon bozori»da (1 500) sömdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da (5 500) sömdan kuzatildi.