Kun.uz Rostovga safar qilganidan xabaringiz bor. Safar davomida köplab qiziqarli suhbatdoşlarni uçratdik. Ulardan birini heç bir futbol muxlisi unutmagan bölsa kerak. Şaxsan men Nikolay Şirşov nomini eşitgan barça muxlislarning yuzida tabassum yugurişiga şubha qilmayman. Butun jamoani ruhlantirib turişi bilan yodda qolgan Şirşov ayni damda Rostovda istiqomat qiladi.

Nikolay Şirşov bilan «Rostov» maşğulotlarini suratga olib bölgandan söng Olimp-2 stadioni oldida uçraşdik. Bir kun avval Eldor Şomurodovdan Şirşovning raqamini olib u bilan qayerda körişa olişimiz mumkinligini söraganimizda, Kolya aka «Vatanimdan kelib, meni qidirib yurasizlarmi, özim sizlarni topib boraman», deb javob bergandi.

Stadion oldida körişgaç, Şirşov juda yaxşi jismoniy holatda ekanini körib, uning hamon futbol öynayotganini sezdik. Kamera qarşisida gaplaşganga qadar muxlislar yaxşi eslaydigan sobiq futbolçi bilan ança narsalarni eslaşga ulgurdik. Şu bois videoda aytilmagan gaplarni sizlarga sözda yetkazamiz.

«Almatov yiğlagandi...»

Şirşov özi öynagan vaqtdagi milliy jamoadagi futbolçilarni eslar ekan öşa vaqtdagi futbol rahbari bölgan Zokir Almatov haqida ham gapirib qoldi. Sobiq içki işlar vaziri uzoq vaqt ÖFF rahbari bölganini eslasangiz kerak. Şirşov Almatov haqidagi ikkita xotirasi bilan örtoqlaşdi: «Almatov futbolni yaxşi köradigan odam edi. U qaysidir öyindan söng biz bilan birga yiğlagandi. Zokir aka menga bitta antikvar sovğa qilgan. Uni uyimda ehtiyotlab qöyganman. Darvoqe, endi mening ham Rostovda uyim bor. Buni doim orzu qilardim. Xullas Almatov sovğa qilgan qiliçni juda ehtiyotlayman, hatto xotinimga qölini tekkizgani qöymayman».

«Onam bu qişloqda qanday yaşaysan deydi»

Şirşovning aytişiça, har yil dekabrda Toşkentga borib, bayramni ötkazişga harakat qiladi: «Ta'tilni dekabrda olişga harakat qilaman, çunki dekabrda Toşkentga borişga odatlanganman. Onam Çilonzorda yaşaydi. Uni Rostovga olib kelganman, ammo negadir men yaşayotgan yerlar unga ma'qul kelmagan. Bu qişloqda qanday yaşayapsan, deydi onam menga. U Çilonzorda metroga yaqin joyda yaşaydi, bozor yaqin, şu uçun unga Toşkentdan yaxşi şahar yöq.

Men ham Toşkentga borganimda bozorlarga borib turaman. Bir kuni bozorçilardan biri meni tanib qoldi va barça sotib olgan narsalarim uçun pul olmasligini aytdi. Xijolat böldim oçiği, ammo meni hamon eslaşlaridan xursand ham böldim. Odamlarimiz juda ajoyib men sizga aytsam».