Mobil qurilmalar kameralarini sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan DxOMark resursi 2019 yilda smartfonlarning eng yaxshi frontal (old) kameralari reytingini e'lon qildi. Kameralar bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha baholangan.

Reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:

Eng yaxshi universal - Samsung Galaxy Note10+
Video uchun eng yaxshi - Samsung Galaxy Note10+

Sayohat uchun eng yaxshi - Google Pixel 4

Yirik planda eng yaxshi portretlarni suratga oluvchi - Asus ZenFone 6
Guruhli portretlar uchun eng yaxshi - Google Pixel 4

DxOMark mutaxassislarining ta'kidlashicha, ular biror yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi deb tanlagan smartfonlar nafaqat o‘z yo‘nalishida, balki boshqa holatlarda ham o‘z vazifasini yomon uddalamaydi.