Kun.uz saytida «Samarqandlik bölajak agronomlar va mexanizatorlar arosatda: ularga va'da qilingan universitet filiali hamon oçilmadi» sarlavhasi ostida material e'lon qilingan edi.

Unda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining «Iqtisodiyot va agrotexnologiya» fakulteti 3- va 4-bosqiç talabalari murojaati keltirilgan. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti axborot xizmati uşbu materialga öz munosabatini bildirdi.

«Samarqand Veterinariya meditsinasi instituti Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ–3703-son qaroriga asosan, Samarqand Qişloq xöjaligi instituti negizida taşkil etilgan. Maqsad veterinariya va çorvaçilik sohasi uçun yangi, zamonaviy bilimlarga ega oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlaş, xorijiy davlatlarning ilğor tajribalarini örganiş, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni mazkur ta'lim dargohining barça sohalariga tatbiq etişdan iborat.

Talabalar murojaatida qayd etilgan, ya'ni Prezidentning «Toşkent Davlat agrar Universiteti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori böyiça fikr bildiriş va buni izohlaş institut rahbariyati vakolati doirasidan taşqaridagi holat, deb hisoblanadi», deyiladi munosabatda.

Bildirilişiça, Samarqanddagi MAN-Auto zavodida işlab çiqariş amaliyotida iştirok etiş bugun ham muammo emas, amaliyotda qatnaşiş mumkin. Ammo zavodda işlab qoliş uçun talaba özining iqtidori va bilimi bilan buni isbotlaşi kerak.

Şuningdek, qişloq xöjaligi instituti banklar uçun mutaxassislar ham tayyorlamagan. Murojaatda qayd etgandek, institut mamlakat qişloq xöjaligi sohasi uçun — agronomlar va mexanizatorlar tayyorlagan.

«Agar Toşkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali taşkil etilsa, bunga institut özidagi bor imkoniyatlari bilan kömaklaşişga tayyor, xuddi institutning Nukus filiali taşkil etilgandek.

Yangi filial taşkil etilişi hukumat qarori asosida amalga oşiriladi. Qişloq xöjaligi yönalişi böyiça tölangan tölov-kontrakt summalari SamVMI tomonidan yangi filialga heç qanday muammo va e'tirozlarsiz ötkazilib beriladi.

Talabaning asosiy vazifasi öqib-örganişdan iborat bölişi kerak. Ularning Samarqand qişloq xöjalik institutiga öqişga qabul qilinib, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti diplomiga ega bölişi kelgusidagi iş faoliyatiga salbiy ta'sir qilişi haqidagi da'volari notöğri. Ta'lim muassasasi diplomi kişi faoliyati davomida muhim rol öynamaydi, muhimi kasbning haqiqiy egasi böliş, ya'ni mutaxassislikni töliq egallaş. Hayotda öz örningiz va öz joyingizni topiş faqat özingizga boğliq.