Matni ÖzAda keltirilgan prezident qarorida quyidagilar universitetning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:
- veterinariya, çorvaçilik, biotexnologiya, agrotexnologiya, agroiqtisodiyot tarmoqlari uçun oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlaş;
- zamonaviy öquv va ilmiy-laboratoriya bazasini şakllantiriş, uni ilğor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlaş hamda sohani rivojlantirişga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytiriş;
- öquv jarayonini amaliy könikmalarni şakllantirişga yönaltiriş, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilğor pedagogik texnologiyalar, öquv dasturlari va innovatsion öquv-uslubiy materiallarni keng joriy etiş, veterinariya klinikasi, öquv va ilmiy laboratoriya, öquv-tajriba xöjaligi, işlab çiqariş va qayta işlaş korxonalarida nazariy bilim hamda amaliyotning uyğunligini ta’minlaş uçun zarur şaroitlar yaratiş;
- ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça uzluksiz ta’lim tizimini yaratiş;
- yetakçi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qöşma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, Universitet professor-öqituvçilarining malakasini oşiriş, bitiruvçilarning respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida (ilmiy markazlarda) magistratura va doktorantura dasturlari böyiça tahsil olişlarini taşkil etiş;
- öquv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim oliş, tizimli tahlil qiliş, ijodiy fikrlaş va amaliy, jumladan, tadbirkorlik könikmalarini şakllantirişga yönaltiriş;
- sohadagi ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakçi olimlarini Universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga biriktirgan holda, fan, ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini ta’minlaş;
- Universitetning yuqori bosqiç talabalari hamda ilmiy izlanuvçilarining ilmiy-tadqiqot institutlari laboratoriyalarida faoliyat yuritişi uçun şaroit yaratiş;











