Özbekistonda Fuqarolik kodeksi yangi tahrirda işlab çiqiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini işlab çiqiş va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilişiça, kodeks loyihasini işlab çiqiş Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasining fuqarolik qonunçiligini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2019 yil 5 apreldagi F-5464-son farmoyişida belgilangan.

Fuqarolik kodeksining yangi tahrirda işlab çiqilişi va qabul qilinişi quyidagilarga imkon beradi:

iqtisodiyotni yanada liberallaştirişning huquqiy asoslarini yaratiş;

iqtisodiyotda davlatning iştirokini qisqartiriş;

mulkdorlar huquqlari himoyasining kuçaytirilişi va iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvor rolini ta'minlaş;

işbilarmonlik muhitini va investitsion iqlimni yaxşilaş;

mamlakatning xalqaro reytinglardagi örnini oşiriş;

2017 – 2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan boşqa vazifalarni hal qiliş.

Mas'ul ijroçilar - Adliya vazirligi, Inson huquqlari böyiça milliy markaz, Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, manfaatdor vazirlik va idoralar. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiş muddati - 2020 yil 1 aprel, Qonunçilik palatasiga kiritişning taxminiy muddati - 2020 yil 1 may.