Xiaomi Redmi Note 8T

Xiaomi uşbu smartfonni işlab çiqarayotganiga oid miş-mişlar rasmiy e'londan oldin paydo böldi. Gadjet deyarli Redmi Note 8 bilan bir xil, ammo özida juda köp xaridor uçun muhim bölgan NFC moduli mavjudligi bilan ajralib turadi. Eng muhimi, Redmi Note 8T’da protsessor sifatida MediaTek çipi örniga Snapdragon 665’dan foydalanildi.
Qolgan qismlari xuddi avvalgisini takrorlaydi — tomçi şaklidagi kesim va «iyakda» seriya logotipi, tört modulli yuqori sifatli kamera va tezkor quvvat oliş imkonini beruvçi USB Type‑S porti.

Texnik tavsifi
- Displey: IPS LCD, 6,3 dyuym, 2340×1080 piksel.
- Protsessor: Snapdragon 665.
- Kamera: asosiy - 48 megapiksel (boş) + 8 megapiksel (ultra keng burçak) + 2 megapiksel (ajratilgan makro kamera) + 2 megapiksel (çuqurlik sensori); frontal kamera — 13 megapiksel.
- Xotira: 3/4 GB operativ, 32/64/128 GB içki, 256 GB’gaça microSD karta uçun joy.
- Batareya: 4000 mA/s.
- Tizim: Android 9.0 Pie (MIUI 10).
Qurilmaning rasmiy narxi quyidagiça:
- 3 GB operativ + 32 GB içki xotira — 217 AQŞ dollari.
- 4 GB operativ + 64 GB içki xotira — 248 AQŞ dollari.
- 4 GB operativ va 128 GB içki xotira — 279 AQŞ dollari.
Xiaomi Mi CC9 Pro

Uşbu smartfon deyarli flagmanlarga xos xususiyatlarga ega. Avvalo, kameralari bilan ajralib turadi — ular Mi CC9 Pröda oltita: bitta frontal va beşta orqa.
Samsung mahsuloti bölgan asosiy modul 108 megapikselli matritsaga ega, uning yonida 5 karra optik va 50 karra gibrid kattalaştiriş imkonini beradigan 5 megapikselli televik, 12 megapikselli portret linzalari, 117 daraja köriş burçagiga ega super kengaytirilgan 20 megapikselli modul va 2 megapikselli makrolinza mavjud. Mobil fotosuratlarni sevuvçilarni jalb qiladigan juda ta'sirli töplam.
Barmoq izlari skaneri ekran ostiga joylaştirilgan, u şuningdek, hattoki tizim bloklangan holatida ham bildirişnomalar va vidjyetlarni körsatadigan Always On rejimida. Gadjet tezkor zaryad olişni qöllab-quvvatlaydi va 5260 mA/s quvvatli batareyaga ega. Bundan taşqari, 3,5 mm diametr hajmdagi quloqçin uyasi mavjud.
Mi CC9 Pro, şuningdek, Yevropada Mi Note 10 va Note 10 Pro deb nomlangan versiyalarga ega. Ularning xususiyatlari umuman olganda, Mi CC9 Prödan farq qilmaydi.

Texnik tavsif
- Displey: AMOLED, 6,47 dyuym, 2340×1080 piksel.
- Protsessor: Snapdragon 730G.
- Kamera: asosiy — 108 megapiksel (boş) + 20 megapiksel (ultra keng burçakli) + 12 megapiksel (portret linzalari) + 5 (teleobektiv) + 2 megapiksel (makrokamera); frontal — 32 megapiksel.
- Xotira: 6/8 GB operativ, 128/256 GB içki.
- Batareya: 5260 mA/s.
- Tizim: Android 9.0 Pie (MIUI 10).
Xotira hajmiga qarab qurilmaning narxi quyidagiça:
- 6 GB + 128 GB — 2799 yuan (≈ 398 AQŞ dollari);
- 8 GB + 128 GB — 3 099 yuan (≈ 440 AQŞ dollari);
- 8 GB + 256 GB — 3 499 yuan (498 AQŞ dollari).
Smartfon uçta rangda taqdim etiladi: qora, yaşil va marvarid-oq.
Honor V30 va V30 Pro

Huawei kompaniyasidan 5Ğni qöllab-quvvatlaydigan yangi flagman smartfonlar. Ular ekranning yon tomonida joylaşgan ikkita old kamera bilan ajralib turadi. Uning asosiy moduli 32 megapikselli, ikkinçisi — 8 megapiksel. U keng burçakli va guruh selfisi uçun möljallangan. Barmoq izlari skaneri yon tomonda, korpus çetida joylaşgan.
Kiçik versiya va Pro örtasida farqlar köp emas. Birinçidan, protsessor: Honor V30’da alohida Balong 5000 5G modemiga ega Kirin 990 çipi bor, V30 Pro esa Kirin 990 5G «hammasi birda» protsessoriga ega, şu orqali ma'lumotlarni tezroq uzatiş ta'minlanadi.
Ikkinçidan, asosiy kamera. V30 Pröda boşqa modullar orasida videoga va suratga oliş uçun 12 megapikselli kamera bor bölsa, V30’da uning örniga 8 megapikselli keng burçakli kameradan foydalanilgan. Boşqa tarafdan smartfonlar deyarli bir xil.

Texnik tavsif
- Displey: IPS LCD, 6,57 dyuym, 2400×1080 piksel.
- Protsessor: Kirin 990 — kiçik versiyada, Kirin 990 5G — katta versiyada.
- Kamera: asosiy — 40 megapiksel (boş) + 8 megapiksel (ultra keng burçak) + 8 megapiksel (teleobektiv) kiçik versiya uçun, 40 megapiksel (asosiy) + 12 megapiksel (ultra keng burçak) + 8 megapiksel (teleobektiv) katta model uçun; frontal — 32 megapiksel (boş) + 8 megapiksel (ultra keng burçak).
- Xotira: 6 GB operativ, 128 GB içki — kiçik modelda, 8 GB tezkor va 128/256 GB — kattasida.
- Batareya: Honor V30’da 4,200 mA/s, Pröda 4,100 mA/s.
- Tizim: Android 10. 0 (Magic UI 3).
Honor V30’ning 6/8 GB operativ va 128 GB içki xotirali versiyasi 3299 yuan (≈ 470 AQŞ dollari) narxida sotiladi. 8 GB tezkor xotiraga ega Pro versiya 3,899 yuan (≈ 555 AQŞ dollari) etib baholangan.
Motorola RAZR

Agar esingizda bölsa, Motorola’ning RAZR V3 yiğma telefoni 2000-yillarda juda maşhur bölgan. Kompaniya özining afsonaviy qurilmasini zamonaviy katlanadigan smartfon şaklida jonlantirişga qaror qildi. U egiluvçan 6,2 dyuymli displeyga ega va qopqoğida bildirişnomalarni aks ettiradigan va zaxira viziri vazifasini ötaydigan qöşimça ekran mavjud.
Motorola RAZR’da kameralar atigi 2ta: qopqoqdagi asosiy kamera va çuqurçada selfi moduli. Gadjet 2,510 mA/soat batareya bilan jihozlangan va USB-C orqali 15 Vt tez zaryadlaşni qöllab-quvvatlaydi. Quyida, turtib çiqqan joyda barmoq izi skaneri joylaşgan.
Texnik tavsifi
- Displey: P-OLED, 6,2 dyuym, 2 142 × 876 piksel.
- Protsessor: Snapdragon 710.
- Kamera: asosiy — 16 megapikselli + TOF 3D; frontal — 5 megapiksel.
- Xotira: 6 GB operativ, 128 GB içki.
- Akkumulyator: 2 510 mA/s.
- Tizim: Android 9.0 Pie.
Motorola RAZR faqat qora rangda mavjud böladi va uning bahosi 1 500 AQŞ dollari narxida belgilangan. Albatta, bukiluvçan ekranlar qimmat hisoblanadi — vaholanki, RAZR’ning boşqa texnik jihatlari örtaça.
Motorola One Hyper

Motorola’dan yana bir gadjet, bu safar yanada sodda. U kompaniyaning periskop selfi-kamerali ilk mahsulotidir. Kamera matritsalari 32 Mp. Orqa paneldagisi asosiy 64 Mp’li datçik va qöşimça 8 Mp modul orqali ikkilangan va kiçik ajralib çiqqan qismda joylaşgan. Xuddi şu joydan uzoq bölmagan holatda barmoq izi skaneri örnatilgan.
Motorola One Hyper smartfoni Android 9 Pie operatsion tizimi boşqaruvida işlaydi, Android 10’gaça yangilaş mumkin va 4 GB operativ hamda 128 GB içki xotiraga ega.

Texnik tavsifi
- Displey: IPS LCD, 6,39 dyuym, 2 340×1 080 piksel.
- Protsessor: Snapdragon 675.
- Kamera: asosiy — 64 Mp (boş) + 8 Mp (çuqurlik datçigi); frontal — 32 Mp.
- Xotira: 4 GB tezkor, 128 GB doimiy, 512 GB’gaça hajmdagi microSD karta uçun slot.
- Akkumulyator: 4 000 mA·s.
- Tizim: Android 9 Pie.
Uskunaning narxi hali oçiqlanmadi.
Vivo Z5i

Vivödan örtaça narxdagi tasnifga kiruvçi katta ekranli smartfon. Selfi-kamera tomçi körinişidagi kesimga joylaştirilgan. Asosiy kamera — uçta, orqa panelda bundan taşqari barmoq izi skaneri ham örin olgan.
Vivo Z5i yetarliça katta hajmli akkumulyator bilan qurollangan deb ayta olamiz — 5 000 mA/s, demakki u ança vaqt avtonom holatda işlay oladi. Quvvatlantiriş microUSB tirqiçi orqali amalga oşiriladi, 3,5 millimetrli quloqçinlarga möljallangan tirqiç ham istisno emas.

Texnik tavsifi
- Displey: IPS LCD, 6,53 dyuym, 2 340 × 1 080 piksel.
- Protsessor: Snapdragon 675.
- Kamera: asosiy — 16 Mp (boş) + 8 Mp (ultra keng burçakli) + 2 Mp (makrokamera); frontal — 16 Mp.
- Xotira: 8 GB tezkor, 128 GB doimiy, 256 GB’gaça hajmdagi microSD karta uçun slot.
- Akkumulyator: 5 000 mA·s.
- Tizim: Android 9.0 Pie (Funtouch 9.2)
Işlab çiqaruvçilar Vivo Z5i’ni 250 AQŞ dollarida baholaşgan.
Internet materiallari asosida N.Qarşiyeva tayyorladi.











