«Dunyoning köplab mamlakatlarida jurnalistlar haqiqiy törtinçi hokimiyat darajasida. Liberal davlatlarda jurnalistlarning obrösi juda baland. Ularning fikri ham içki, ham taşqi siyosatda muhim ta'sir körsatadi.

Jurnalistlarga bölgan munosabat negativ bölsa albatta, qoralayman. Taşqi işlar vazirligi xodimlari jurnalistlar bilan muloqotni etika, madaniyat va hurmat tomondan töğrilaşimiz kerak, deb hisoblaydi. Jurnalistlar bilan urişiş yaxşilikka olib kelmaydi. Şuni biliş lozim.

Yevropa davlatlarida kimda-kim jurnalistlar bilan aloqani buzsa, oxiri uning özi işdan ketadi yoki davlat obrösiga putur yetadi. Jurnalistlarga bölgan hurmatni oşirişimiz kerak. Ular bilan muloqot qiliş madaniyatini kuçaytiriş zarur», deya Ilhom Ne'matovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, Taşqi işlar vazirligi rasmiysi Özbekiston töğrisida samimiy maqolalar yozayotgan xorij OAV vakillari, ularning pozitsiyasi haqida ham öz munosabatini bildirdi.

«Rossiyada elçi bölib işlaganimda, deyarli har haftada elçixonada turli tadbirlar ötkazardik. Ular şunday jurnalistki, agar biror voqea bölmasa, uni heç qaçon böldi, deb yozmaydi. Ular mutlaqo muallaq, mustaqil jurnalist. Heç kimga böysunmaydi. Ular albatta, xolisona baho beryapti, öz fikrini aytyapti. Qandaydir tazyiq orqali fikr bermayapti, buyurtma maqola emas. Özbekistonda haqiqatan katta özgarişlar bölyapti», dedi vazir örinbosari Xalqaro press-klubning navbatdagi tadbirida.