Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi töğrisidagi masala muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida Taşqi işlar vaziri örinbosari Ilhom Ne'matov senator Behzod Yöldoşevning Özbekistonning YeOIIdagi kuzatuvçilik maqomi boşqa mamlakatlar bilan aloqalarga ta'sir körsatişi haqidagi savoliga javob berdi.
«Prezidentimiz ham murojaat davomida yoki boşqa yiğilişlarda köp ta'kidladilarki, taşqi siyosatda har bir qilayotgan işimiz birinçi navbatda bizning milliy manfaatimizdan kelib çiqişi kerak. Suveren davlat sifatida har bir bosgan qadamimizga qarab Ğarb nima derkin, Şarq nima derkin deydigan bölsak, heç qanday natijaga erişmaymiz. Şuning uçun suveren davlat sifatida milliy manfaatimizdan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy manfaatimizdan kelib çiqişimiz kerak.
Ğarb yoki Şarqqa qarab ötirsak, bu izolyatsiyaga heç qanday natija bölmaydi, izolyatsiya yana davom etadi. Buni berkitiş kerak emas, köp yillar davomida izolyatsiyada böldik, hozir izolyatsiyadan çiqdik desak böladi. Izolyatsiyada heç qanday raqobat, rivojlaniş bölmaydi. Şuning uçun men öylaymanki, bu juda töğri bölyapti.
Ikkinçi bir misol, YeOIIning a'zolari – Qozoğiston, Qirğiziston, Armaniston, Belarus – hammasi Ğarb davlatlari bilan heç qanday muammosiz aloqalarni rivojlantirib kelyapti: investitsiya olib kelişyapti, siyosiy, iqtisodiy aloqalar rivojlanyapti. Şuning uçun xavfsiraşga şubha yöq.
Uçinçidan, bu juda töğri bölyapti, biz bu taşkilotga kuzatuvçi sifatida kiryapmiz. Kuzatuvçi sifatida kiriş bizga nima imkoniyat beradi? Kuzatuvçilik davrida uni çuqur örganib, agar qandaydir salbiy ta'sirlar böladigan bölsa, unga yöl xaritasini işlab çiqib, kerakli işlarni olib boriş», dedi Ilhom Ne'matov.
U YeOII böyiça örganişlar olib borilgani haqida gapirdi.
«Oldin ham 2006 yildan boşlab 2008 yilgaça YeOIIda iştirok etganmiz. Öşandan bizga ta'sir qilişi mumkin bölgan salbiy tomonlarini bilamiz. Şunga biz oldindan yöl xaritasi işlab çiqdik. Bizning boşqa aloqalarimizga ta'sir qiladi degan heç qanday şubha bölmasligi kerak», dedi Taşqi işlar vaziri örinbosari.












