Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH boş kotibi örinbosari, özbekistonlik diplomat Ilhom Ne’matovga «Döstlik» ordenini topşirdi.

Qayd etilişiça, Boş kotib örinbosari Hamdöstlik mamlakatlari örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş va rivojlantirişga qöşgan ulkan hissasi uçun mukofotlangan. Marosim Kremlda MDH sammiti doirasida bölib ötdi.

«Bu maşhur odam. MDH rivojida katta işlarni amalga oşirgan şaxs. Bundan taşqari, Ilhom Töyçiyeviç turli lavozimlarda işlab, 2008–2010 yillarda Moskvada elçi bölgan, Rossiya-Özbekiston munosabatlarini rivojlantiriş uçun köp işlarni amalga oşirgan», dedi Putin orden taqdimotida.

Rossiya rahbari, şuningdek, Ne’matovga qilingan barça işlar uçun minnatdorçilik bildirdi. Uning boş kotib örinbosari sifatidagi faoliyati ham xuddi şunday samarali va MDHni rivojlantirişga qaratilgan bölişiga umid bildirdi.