Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko 1990-yillarda uning talabi bilan bir yil içida 30 dan köproq jinoiy töda yöq qilingani haqida sözlab berdi. Prezidentning sözlarini “SB. Belarus segodnya” naşri keltirib ötdi.
“Xalqni, davlatni qutqariş va tartib örnatiş kerak edi. Biz jinoiy tödalarni yöq qilib, uni örnatdik. Menga meros bölib qolgan içki işlar vazirligining ba'zi rahbarlari va boşqalar Minskdagi jinoiy tödalarni yöq qilişni talab qilganimda pitirlab qolgani hanuzgaça esimda. Bunday tödalardan 32 ta bor edi, hanuzgaça yodimda. Biz ularni bir yil içida yöq qila olgandik”, deb eslab ötgan öşa voqealarni Lukaşenko deputatlar oldidagi nutqida.
Lukaşenko öz nutqida 1990-yillar boşida jinoyatçilikning avj olişi Belarusni ham qamrab olganini eslatib ötgan. “Moskva-Brest yöli va Berlingaça yöldan bemalol ötib bölmasdi. Jinoyatçilar, avvalambor şarqdan bölganlari, Smolenskdan Brestgaça maşinalarni töxtatgan, odamlarni otib taşlagan, bu odamlar olib ketayotgan barça narsani ulardan tortib olgan. Şunday şaroitlarda davlatni qurişimizga töğri kelgan”, deb ta'kidlab ötgan Belarus prezidenti.








