Bugun 7 dekabr kuni «Özbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bağişlangan tantanali yiğiliş bölib ötdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev öz nutqida sönggi uç yilda erişilgan yutuqlardan biri sifatida mamlakatda söz erkinligi va oçiqlik siyosati yölga qöyilganini alohida tilga oldi.
Davlat rahbari jurnalistlar va blogerlarning jamiyatdagi örni haqida gapirib, ularga aholi muammolari qonuniy hal etilişidagi faolligi uçun minnatdorçilik bildirdi.
Şuningdek, prezident davlat amaldorlarini ham, OAVni ham özaro hurmat asosida va xalq manfaatini birinçi öringa qöygan holda harakat qilişga çorladi hamda söz erkinligi borasida siyosat qat'iyligi, bu siyosatdan ortga qaytiş bölmasligini ta'kidladi.
«Katta rahmat, ommaviy axborot vositalari va blogerlarga. Köp-köp narsalar Özbekistonda oçiq aytilyapti, hamma buni körib turibdi. Lekin bitta narsani bilinglar, bu oçiqlik heç qaçon orqaga qaytmaydi!
Qança köp oçiqlik bölsa, ommaviy axborot vositalari odamlarimizga haqiqiy muammolarni qança köp yetkazsa, men rahbar sifatida ulardan minnatdor bölaman.
Tanqid albatta kerak. Mana tanqid bölyapti, xulosa ham bölyapti. Lekin biz hammamiz izlanişdamiz, örganişdamiz. Yangi Özbekiston quryapmiz, bir-birimizga tayanib, xalqimizni rozi qilişimiz kerak.
Yana bir marta takrorlayman, hamma bilişi kerak: Özbekistonda jamoatçilik nazorati va ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga heç qanday şaklda tazyiq ötkazişga yöl qöyilmaydi», dedi prezident.









