«Özbekiston keyingi 3 yil davomida davlatimiz rahbarining siyosati tufayli izolyatsiyadan çiqdimi, çiqyaptimi, degan savollar juda köp, albatta. Şuni aytiş kerakki, Özbekiston izolyatsiyadan mutlaqo çiqib böldi. Heç qanday xavotir yöq.

Jahon ekspertlari şuni aytyaptiki, Özbekiston prezidentining oçiq, döstona va konstruktiv siyosati tufayli bugungi kunda Markaziy Osiyoda mutlaqo soğlom siyosiy iqlim, döstona vaziyat paydo böldi. Şuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining bir-biri bilan har tomonlama manfaatli aloqalari uçun juda katta qulay şaroit yaratildi. AQŞ, Yevropa ittifoqi, Rossiya, Qozoğistondagi ekspertlar ham şunday baho beryapti.

Yana bir bor aytiş mumkinki, Özbekiston izolyatsiyadan töliq çiqib böldi va bunga heç qanday tösiq yöq. Misol keltirsak, bir yil avval Samarqandda inson huquqlari böyiça juda katta Osiyo forumi böldi. Unda köplab inson huquqlari bilan şuğullanadigan xalqaro taşkilotlar vakillari yurtimizda oçiqlik siyosati davom etayotganini ta'kidlaşdi.

Davlatimiz rahbarining gaplari bilan aytadigan bölsak, biz yangi davlat quryapmiz. 25 yil davomida yiğilgan juda katta muammolarning hammasini 3 yil mobaynida hal etiş oson iş emas. Oldimizga qöygan marralarga paydar-pay erişamiz. Boşlangan islohotlar töxtatilmaydigan jarayonga aylandi», — deya Ilhom Ne'matovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Taşqi işlar vazirligi rasmiysining Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida aytişiça, keyingi 3 yil davomida Özbekiston prezidenti darajasida 61 ta taşrif amalga oşirilgan. Bu avvalgilarga soliştirganda, 5-6 baravar köp.

Şundan 37 tasi Özbekiston rahbarining çet ellarga taşrifi bölsa, 24 tasi boşqa xorij davlatlari prezidentlarining Özbekistonga taşrifidan iborat. Bu taşriflar doirasida 120 dan ortiq oliy darajadagi muzokaralar ötkazildi.

Taşqi siyosat, iqtisod, xavfsizlik, investitsiya va gumanitar masalalarga oid 500 dan ziyod öta muhim ikki va köp tomonlama bitimlar imzolandi.