Joriy yilning 9 dekabr kuni Eronning Zagros Airlines aviakompaniyasi “Tehron-Toşkent-Tehron” yönalişida muntazam parvozlar amalga oşirişni boşlaydi.
Transport vazirligi xabariga köra, dastlabki bosqiçda Eron aviakompaniyasi mazkur yönalişda parvozlarni haftasiga bir marta bajaradi. Keyinçalik parvozlar muntazamligi haftasiga ikki martaga yetkazilişi rejalaştirilgan.
2019 yil noyabr oyida Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi Eron Islom Respublikasi aviatsiya ma'muriyatining Zagros Airlines aviakompaniyasini muntazam parvozlarni bajaruvçi aviakorxona sifatida tayinlaş töğrisidagi xabarnomasiga, şuningdek, 2001 yil 17 avgustdagi Havo qatnovi töğrisidagi ikki tomonlama bitim doirasida taqdim etilgan zarur hujjatlarga muvofiq, “Tehron-Toşkent-Tehron” yönalişida muntazam parvozlarni amalga oşiriş uçun Eron aviakompaniyasiga ekspluatatsiya ruxsatnomasi bergan.
Özbekiston va Eron örtasida muntazam parvozlarning tiklanişi ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga turtki beradi, deyiladi vazirlik xabarida.








