Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qömitasi Rossiyani tört yilga yirik xalqaro musobaqalarda iştirok etiş huquqidan mahrum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilişiça, bularga - Olimpiya öyinlari va jahon çempionatlari kiradi. Şuningdek, Rossiya Federatsiyasi davlat xizmatçilarining xalqaro sport tadbirlariga borişi taqiqlandi.

Xabarda aytilişiça, WADA Rossiya davlat xizmatlari va Rossiya olimpiya qömitasi hamda Rossiya paralimpiya qömitasi rahbariyatiga şunday taqiq joriy etdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq rossiyalik sportçilar 4 yilga yirik xalqaro musobaqalardan çetlatilişi mumkin ekani xabar qilingandi.

Bunga Rossiya tomonidan navbatdagi doping qoidabuzarliklariga yöl qöyilişi sabab böldi. Gap Moskva aksildoping laboratoriyasi ma'lumotlari soxtalaştirilişi haqida bormoqda. 

Rossiyalik sportçilar Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiadada iştirok etişga qöyiladi, biroq 2018 yil Pyongçangda bölib ötgan qişki Olimpiadadagi kabi neytral maqomda iştirok etadilar. Rossiya bayroği taqiq ostida böladi, ğolib bölgan sportçilar şarafiga Rossiya madhiyasi yangramaydi.

Bunday çoralar nafaqat Olimpiya öyinlari, balki Paralimpiya öyinlari, ösmirlar Olimpiadasi, jahon çempionatlariga ham taalluqli böladi. Bu musobaqalarning rasmiy tadbirlarida Rossiyaning rasmiy şaxslari iştirok eta olmaydi. Şuningdek, rossiyaliklar turli qömitalar va kengaşlar tarkibiga kirişiga ruxsat berilmaydi.  

Bundan oldin, Alişer Usmonov WADA’dan rossiyalik sportçilarni jazolamaslikni söragandi.