«Napoli» klubi boş murabbiyi Karlo Ançelotti iste'foga çiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

«Klub prezidenti Aurelio De Laurentis va Karlo Ançelotti örtasidagi döstona munosabat va özaro hurmat özgarmaydi», - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

60 yoşli italiyalik mutaxassis Karlo Ançelotti qöl ostidagi sönggi öyin - Çempionlar ligasi 6-turidagi «Napoli» - «Genk» (4:0) uçraşuvidagi ğalaba bilan Neapol klubi YeÇL guruh bosqiçidan pley-offga yöllanma olgandi. Uçraşuvdan keyin Ançelottining iste'foga çiqarilgani ma'lum qilindi.

Ma'lumot uçun, «Napoli» Italiya A Seriyasida 7 öyindan iborat ğalabasiz seriya qayd etib, turnir jadvalida 7-öringa tuşib ketgandi.

Eslatib ötamiz, Karlo Ançelotti «Napoli»da 2018 yilning may oyida iş boşlagandi. Uç yillik şartnomaga qaramay, italiyalik tajribali mutaxassis qoniqarsiz natija va klub içki muhitidagi salbiy vaziyat sababli klubni muddatdan oldin tark etdi.