11 dekabr kuni Davlat statistika qömitasi hamda Jahon banki ekspertlari guruhi kömagida «Statistikani rivojlantirişning milliy strategiyasi 2020–2025» loyihasi böyiça yirik seminar taşkil etildi. Tadbirda Davlat statistika qömitasi markaziy apparati, Jahon banki ekspertlari, Kadrlarni qayta tayyorlaş va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.

Xalqaro amaliyotda köpçilik davlatlarda Jahon banki yordamida «Milliy statistikani rivojlantiriş strategiyasi» işlab çiqilgan bölib, u barça milliy statistikani işlab çiqaruvçilarning rivojlaniş yönalişlarini, mamlakatning milliy statistika tizimini ham taşkiliy, ham institutsional jihatdan rivojlantirişga ta'sir körsatuvçi örta muddatli islohotlarni amalga oşiriş yöllarini öz içiga oluvçi strategik hujjat hisoblanadi. Mazkur köp yillik strategiya hujjat ham içki, ham mamlakat taşqarisidagi statistika axborotlari iste'molçilarining zaruratlarini aks ettiradi.

Tadbirda berilgan ma'lumotlarga köra, Milliy Strategiyani tayyorlaş jarayoni milliy statistika tizimini batafsil baholaşni közda tutadi, uning natijasi böyiça örta muddatli istiqbolga maqsad va vazifalarini belgilagan holda yanada rivojlantirişning aniq strategiyasi, şuningdek, uni samarali amalga oşiriş uçun harakatlar rejasi işlab çiqiladi.

Strategiyaning qabul qilinişi milliy statistikaning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça köp yillik dasturlari bilan uzviy boğliqlikda rivojlanib borişini, statistikani işlab çiqaruvçilar faoliyatini oçiqlik va oşkoralik darajasini oşirişni ta'minlaydi. Siyosiy qarorlar qabul qilinişi, milliy statistika tizimini jahon statistika makoniga tizimli ravişda integratsiyalaş uçun sifatli va işonçli axborot asosini yaratadi.