«U dunyoviy harakatga yetakçilik qilib sayyoramiz oldida turgan eng katta muammo töğrisida joriy yilda hammadan balandroq gapirdi», - dedi Time jurnali boş muharriri Edvard Felzental NBC telekanalining Today körsatuvida.

«Yil odami» unvoniga da'vogarlarning yakuniy röyxatidan Tunberg bilan birga AQŞ prezidenti Donald Tramp, AQŞ kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, Donald Trampga qarşi impiçment jarayoni boşlanişiga sababçi bölgan MRBning maxfiy axborotçisi va Hongkongdagi ommaviy namoyişlar qatnaşçilarining jamlamasi joy olgandi.  

Tunberg butun dunyoda ekofaol va «Iqlim uçun maktab iş taşlaşi» harakatining asosçisi hisoblanadi. 2019 yilda uning nomzodi tinçlik böyiça Nobel mukofotiga ilgari surilgan. 

23 sentyabrda Greta BMT minbarida turib jahon yetakçilarini uning bolaligini öğirlaşda ayblagandi. Tunbergning sözlariga köra, jahondagi yetakçilar faqat «pul va iqtisodiy ösiş töğrisidagi ertaklarnigina öylaşadi».