Isroil hukumati Global Sumud flotiliyasi tarkibida dengiz qamalini yorib ötişga va Ğazo sektoriga kemalarda yetib borişga uringan şvetsiyalik faol Greta Tunberg va yana 170 kişini deportatsiya qildi.

Deportatsiya qilingan faollar orasida Tunbergdan taşqari bir qator Ğarb davlatlari, jumladan, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya, AQŞ va boşqa davlatlar fuqarolari ham bor, deb xabar berdi Isroil TIV. Faollar Gretsiya va Slovakiyaga yuborilgan.

Isroil TIV deportatsiya qilinganlarni «fitnaçilar» deb atadi. Şu bilan birga, vazirlik ta’kidlaganidek, «uşbu piar-aksiya iştirokçilarining barça qonuniy huquqlariga töliq rioya qilingan va qilinadi». Qayd qilinişiça, faollardan biri Ketsiot qamoqxonasining tibbiy xodimini tişlab olgan. Isroil buni «zöravonlik» sifatida baholadi.

Greta Tunberg iyun oyida ham kemada Ğazoga kirişga uringan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uçragan edi. Bu safar Global Sumud flotiliyasi 40 dan ortiq kema va 430 nafardan ortiq faollardan iborat böldi. Ular Ğazoga yöl oldi va insonparvarlik yordamini yetkazib beriş niyatida ekanligini aytdi.

Oktyabr oyi boşida Isroil harbiylari barça kemalarni töxtatib, Greta Tunberg va boşqalarni hibsga oldi. Şundan söng şvetsiyalik faol ayol öziga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölinayotganidan şikoyat qildi.