«Napoli» klubi Jyennaro Gattuzo boş murabbiy qilib tayinlanganini e'lon qildi.

41 yoşli mutaxassis bu lavozimda Karlo Ançelotti örnini egalladi.

Avvalroq, Gattuzo neapolliklar bilan 1,5 yillik şartnomani imzolaşi va mavsum oxiriga qadar 1,5 mln yevro maoş olişi, şuningdek, agar Çempionlar Ligasi yöllanmasi qölga kiritilsa, bitim yana 1 mavsumga uzaytirilişi, maoşi esa 3 mln yevro qilib belgilanişi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

A Seriyaning bu mavsumida «Napoli» 21 oçko bilan 7-örinni egallab turibdi.

Gattuzo murabbiylik faoliyatida «Milan», «Palermo», «Piza», OFI va «Son» klublarini boşqargan.