Özbekistonda 10ta nodavlat, şu jumladan davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida oliy ta'lim muassasalari taşkil etiladi. Bu haqda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlaş, bu borada jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş böyiça çora-tadbirlar dasturida aytilgan.
Qayd etilişiça, bunda tegişli amaliy çora-tadbirlar 2020 yil dekabrga qadar işlab çiqilişi lozim. Ijro uçun mas'ullar - Soğliqni saqlaş vazirligi (Şodmonov), Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi (Majidov), Xalq ta'limi vazirligi (Şermatov), Transport vazirligi (Mahkamov), Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi (Soliyev), Davlat-xususiy şeriklik agentligi (Xoljigidov).
Şuningdek, davlat-xususiy şeriklik masalalari böyiça davlat organlari, mahalliy konsalting kompaniyalari, banklar, investorlar va boşqa taşkilotlar uçun, jumladan xalqaro moliya taşkilotlari bilan hamkorlikda tajribali xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda, seminar-treninglar va davra suhbatlari taşkil etiladi.
Soğliqni saqlaş tizimida tibbiy asboblarni sterilizatsiya qiliş va tibbiyot çiqindilarini utilizatsiya qiliş böyiça davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş ham közda tutilgan.
Bundan taşqari, soğliqni saqlaş, ta'lim, transport, yöl qurilişi va kommunal xöjaligi yönalişlarida iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etişga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etiş asosida amalga oşiriladigan tadbirlar sonini köpaytiriş, bu borada amalga oşirilayotgan işlarni jadallaştiriş möljallanmoqda.













