Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boşqarma boşliğining örinbosari general-mayor Vladimir Markov boşçiligidagi delegatsiya Samarqand viloyati IIB faoliyati bilan tanişdi.

IIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, mehmonlar taşrifi davomida bugungi kunda Özbekistonda, xususan Samarqand viloyatida terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar hamda kelgusida hamkorlikda amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar borasida tajriba almaşuvi jarayoni bölib ötdi.

Şu bilan birgalikda, «Xavfsiz şahar» hamda «Xavfsiz turizm» konsepsiyasi böyiça Samarqand viloyati IIBda barpo etilgan zamonaviy IT texnologiyalari talablariga javob beradigan innovatsion «Situatsion markaz»ning imkoniyatlaridan foydalangan holda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilayotgan işlar va xodimlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan taniştirilib, kelgusida hamkorlikni yanada kuçaytiriş borasida kelişuvlar amalga oşirildi. 

Delegatsiyaning Özbekistonga amalga oşirgan rasmiy taşrifi davomida IIVda Davlatlararo muvofiqlaştiriş guruhining navbatdagi yiğilişi ötkazilib, özaro hamkorlik böyiça kelişuvlar yuzasidan bayonnoma ham imzolandi.