Içki işlar vaziri örinbosari, Kadrlar boş boşqarmasi rahbari Rustam Hotamov 11-12 dekabr kunlari Samarqandda böldi. Kattaqörğon, Urgut, Oqdaryo tumanlarida bölgan vazir örinbosari uşbu hududlardagi içki işlar xodimlari iştirokida yiğiliş ötkazib, kadrlar masalasida gapirdi.
«Bugun içki işlar sohasida kadrlar tanlaşga jiddiy e'tibor qaratişimiz lozim. Biz töğri kadr tanlaşimiz kerak. Içki işlar xodimi nafaqat öz işini bajarişi, odamlarning holidan xabar olişi, ularning muammosi bilan qiziqişi kerak»,— dedi vazir örinbosari Rustam Hotamov içki işlar xodimlari bilan uçraşuvda.
Kadrlar boş boşqarmasi rahbari Samarqandga taşrifi davomida Oqdaryo, Kattaqörğon, Urgut tumanlari va Samarqand şahrida fuqarolarning murojaatlarini eşitdi. Fuqarolar polkovnik Rustam Hotamovga nafaqat içki işlar organlari bilan boğliq, balki boşqa masalalar böyiça ham murojaat qilişdi. Urgutda qurilayotgan uyini bitkaziş uçun yordam söragan fuqarolardan biriga taşrif vaqtida moddiy kömak berildi.

Vazirlik rahbarlaridan bölgan Hotamov mahalliy içki işlar organlari xodimlariga odamlarga doimiy yordam beriş kerakligini körsatma berdi. Şuningdek Samarqandga taşrifi vaqtida bir guruh yoşlarga tölovsiz pasport berildi.












