Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Farrux Dadaxöjayev içki işlar tizimi, xususan, «pasport stol»lar faoliyatini tanqid qildi.

«Odamlarning eng köp muammosi içki işlar va soğliqni saqlaş tizimida. Içki işlarda ham faqat «pasportnyy stol» va YPXga işi köp tuşadi. Har ikkisida ham muammo yetarliça topiladi», — deydi Farrux Dadaxöjayev Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasining navbatdagi yiğilişida.

Senator «pasportnyy stol»da ham kriminal borligini ta'kidladi.

«Pasport beriş tizimi kriminalga töla. Buni töliq yöqota olmasmiz, lekin imkon qadar kuraşişimiz kerak. Beş million nafar fuqaromiz çet elda. Ular xorijga çiqiş pasportini oliş uçun qança ovora böladi? Ovora bölib kelib, hujjat töğrilagandan keyin ham özining pasportini oliş uçun pul berişi kerakmi?», — deydi u.

Şuningdek, qömita raisi fuqarolarga pasport beriş bölimlarida personalning asosiy qismini erkaklar taşkil etişini qoraladi.

«Barzangiday erkaklar qölida bittagina kiçkina peçatni uşlab ötirib olgan. Bu tizimda erkaklarning sonini kamaytiriş, personalning asosiy qismini ayollar taşkil etişi lozim», — deya qöşimça qildi Dadaxöjayev.