«Bankrotlik töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma'lum qildi.

Qonun bilan kiritilgan özgartişlarga köra, bankrotlik töğrisidagi işni qözğatiş uçun beriladigan arizada qarzdor va kreditorlarga tölov qobiliyatini tiklaş yoki tugatiş tartibotlari qöllaşni körsatgan holda murojaat etiş huquqi berildi.

Kreditorlar yiğilişida kreditorlar tomonidan ovoz berişda guruhlarga böliş va har bir kreditor guruhining ovozlari alohida inobatga oliş amaliyoti joriy etildi. Şuningdek, endilikda kelişuv bitimi bankrotlik taomili deb hisoblanmaydi. Qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik töğrisidagi işni körib çiqişning har qanday bosqiçida kelişuv bitimi tuzişga haqli.

Qonunga köra, bankrotlik töğrisidagi işni köriş muddati 1 oy etib belgilandi (hozirga qadar bu muddat 2 oy edi).

Şu bilan birga, endilikda sud sanatsiyasi köpi bilan 24 oy muddatga joriy etiladi (hozirga qadar 24 oy joriy etilib, iqtisodiy sud tomonidan köpi bilan 6 oyga uzaytirilişi mumkin edi). Uşbu qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tibordan kuçga kiradi.