15 dekabr kuni Atlanta şahrida (Jorjiya ştati) Özbekiston Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga saylovda muddatidan oldin ovoz beriş bölib ötdi.

Ovoz berişda mamlakatimizning 70 ga yaqin fuqarolari iştirok etdilar.

Şu kunning özida Kanadaning Toronto şahrida muddatidan oldin ovoz beriş ötkazildi. Unda 110 dan ortiq Özbekiston fuqarolari ovoz berdilar. Ba'zi saylovçilar Kanadaning uzoq hududlari, jumladan Alberta (3,7 ming km), Ontario (950 km), Kvebekdan (540 km) muddatidan oldin ovoz beriş uçun yetib keldilar.

Hamyurtimiz Nodira Yöldoşeva sözlariga köra, u va uning oilasi 13 yildan ortiq Kanadada istiqomat qilmoqda va birinçi marta Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi bunday keng kölamli siyosiy tadbirni taşkil etdi.

Özbekiston fuqarosi Kseniya Tsoyning ta'kidlaşiça, u ovoz beriş maqsadida Ottavadan kelgan. Öz vatanida bölayotgan voqealar uning uçun juda muhimdir.

Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq, AQŞ hududida 150-Şayxontohur saylov okrugiga biriktirilgan mamlakatimizning Vaşington şahridagi elçixonasida 12-sonli va Nyu-York şahridagi boş konsulxonasida 33-sonli saylov uçastkalari taşkil etilgan.