22 dekabr kuni Özbekistonning AQŞ poytaxti Vaşington şahridagi diplomatik missiyasiga bora olmaydigan fuqarolarimiz uçun saylaş huquqlarini amalga oşirişda zarur şart-şaroitlarni yaratiş maqsadida uşbu ştatda ilk bor taşkillaştirildi.

Ovoz beriş jarayoni Orlandodagi Marriott mehmonxonasida taşkillaştirildi. Maxsus xona saylov uçastkasi va raqobatlaşayotgan siyosiy partiyalardan nomzodlar haqidagi zarur ma'lumotlar bilan jihozlandi. Saylov oçiqça, yaşirin ovoz beriş ta'minlangan holda ötkazildi.

Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi ma'lumotiga köra, muddatidan avval ovoz berişning ilk kunida 70 dan ziyod fuqaro ovoz bergan. Saylovçilarning aksariyati saylov uçastkasiga öz oilasi bilan kelgan yoşlar ekanligi quvonarli. Florida ştatining qöşni şaharlaridan ham kelganlar Özbekistondagi demokratik jarayonlarga öz hissasini qöşişda ularning qat'iyatlaridan darak berib turibdi.

«Biz mamlakatimiz qanday rivojlanişiga, uning siyosati qanday yönaliş olişiga, bunda qanday ijtimoiy masalalar hal etilişi kerakligiga befarq qarab tura olmaymiz», — dedi saylovda ovoz bergan vatandoşlarimizdan biri Akmal Tillaxöjayev.

Ovoz beriş uçun yaratilgan şaroit uçun minnatdorçilik bildirişar ekan, saylovçilar bu yilgi saylov şaffoflik va qonuniylik muhitda ötayotganligini ta'kidlaşdi.
Fuqarolar saylovçilar işonçini qozonadigan va muhim ijtimoiy masalalarni samarali hal qila oladigan parlament tizimini yanada mustahkamlaş muhimligi haqidagi fikrda yakdil bölişdi.

Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi xabariga köra, muddatidan oldin saylovlar 15 dekabr kuni Atalanta şahrida, Jorjiya ştatida hamda Kanadaning Toronto şahrida ötkaziladi.












